O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92 sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Mustaqillik” mahallasidagi aholi o‘rtasida kitobxonlik targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida 2022 yilning 1 fevral kuni “Eng kitobxon oila” mavzusida mahalla fuqarolari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Samimiy va ko‘tarinki ruxda o‘tkazilgan tadbirda mahalla xodimlari va yoshlar ijodidan namunalar tinglandi va ularni rag’batlantirish uchun esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir davomida pandemiya sharoitida yoshlarni bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash uchun universitet-mahalla hamkorligini kengaytirish masalalari kelishib olindi.